Roman-german tillari kafedrasi vakillari Italiyaning Perujiya universitetiga tashrif buyurishdi

    O‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, italyan tilini o‘rganayotgan talabalarning til amaliyotini Italiyada o‘tash va universitetlararo aloqalarni rivojlantirish maqsadida JIDU Roman-german tillari kafedrasi va Italiyaning turli universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish borasida doimiy ishlar olib borilmoqda.

    2023-yilning 27-iyun kuni Roman-german tillari kafedrasi vakillari, kafedra mudiri V.A.Mamatkasimova va o‘qituvchilar M.A.Madrahimova, S.Y. Sayidazimovalarning Perujiya universitetiga xizmat safari bo‘lib o‘tdi. Safar doirasida Perujiya universiteti (ital. Università degli Studi di Perugia) rektori Valerio De Sezaris, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Valentina Seri va o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Roberto Dolchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida JIDU va Perujiya universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash istiqbollari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.