JIDU Yuridik klinikasi “Registon” MFY 531-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi
JIDU Yuridik klinikasi “Registon” MFY 531-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 17-oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga 2024-yil 27-oktabrda bo‘lajak saylovoldi tadbirlarida JIDU Yuridik klinikasi Z.S.Ubaydullayev rahbarligida “Saylov 2024-yil:milliy va xalqaro standartlarga nazar” mavzusida Toshkent shahar Yunusobod tumani “Registon” MFY raisi va 531- sonli saylov uchastka xodimlari bilan targ‘ibot davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida saylovga oid xalqaro standartlar va milliy qonuchiligimizdagi amaliyotlar, fuqarolarni huquqlari va majburiyatlari, majoritar va proportsional saylov tizimlarining mazmun va mohiyati to‘g‘risida atroflicha tahlillar, maslahatlar va savol javoblar bo‘lib o‘tdi.