Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari xodimlari uchun tashkillashtirilgan qisqa muddatli kurs yakunlandi
Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari xodimlari uchun tashkillashtirilgan qisqa muddatli kurs yakunlandi
2023-yil 27-fevraldan 4-martgacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimlari uchun qisqa muddatli "O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati" mavzuidagi malaka oshirish kursi tashkil etildi. Ushu kursda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan 2 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan 5 nafar va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan 2 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv jarayoniga respublikaning yetakchi mutaxassislari va JIDUning professor-o‘qituvchilari tarkibi jalb etildi. O'quv jarayonida tinglovchilar hozirgi xalqaro munosabatlar va jahon siyosatining zamonaviy tendensiyalari va qiyinchiliklarini tahlil qilishning nazariy va amaliy ko'nikmalarini, diplomatik protokol va odob-ahloq qoidalarining nozik tomonlarini o'zlashtirdilar, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida eksportni diversifikatsiya qilish tamoyillarini o'zlashtirdilar, muzokaralar jarayonini tashkillashtirishni organdilar, shuningdek, O'zbekistonning samarali iqtisodiy diplomatiyasini barpo etish va investitsiyalarni jalb etish ko'nikmalarini o'zlashtirdilar.
2023-yil 4-mart kuni o‘qish jarayonini muvaffaqiyatli tugatgan barcha tinglovchilarga O'zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar topshirildi.