JIDUda “Ta’limda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Ta’limda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’limda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Milliy universiteti, Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti (Turkiya), Ispaniya xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi (Ispaniya) vakillari hamda JIDUning Roman-german, O‘zbek va rus tillari kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanda oliy ta’lim tizimida filologiya fanlarini o‘qitish masalalari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etgan holda noan’aviy va samarali o‘qitish usullarini joriy etish hamda zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, zamonaviy til ta’limi sifatini ta’minlash, madaniyatlararo muloqotda chet tillarini o‘qitishning muhim vazifalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha eski metodikalarni isloh qilish, jahon standartlari talablariga javob beradigan ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berildi.