JIDU vakillari Italiyada Ombudsmanlarning xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi
JIDU vakillari Italiyada Ombudsmanlarning xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) delegatsiyasi Montecassino shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tgan Inson huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan Ombudsmanlarning xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
Anjumanda Italiya, Germaniya, Fransiya, AQSH, Malta, Niderlandiya, Turkiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan ham talabalar ishtirok etdi.
JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari tomonidan O‘zbekiston yoshlarining inson huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati, mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki haqida ma’ruzalar tinglandi.
JIDU professori Rahima Yusuvaliyeva universitetning xalqaro munosabatlar, iqtisod va huquq yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi o‘rni haqida ma’lumot berdi.
Anjuman davomida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Sana: | 29.09.2024 |
Ko'rganlar soni: | 662 |
Ulashish: |