JIDU birinchi prorektori Xitoyda bo’lib o’tgan xalqaro seminarda ishtirok etdi
JIDU birinchi prorektori Xitoyda bo’lib o’tgan xalqaro seminarda ishtirok etdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusupdjonov Xitoy Xalq Respublikasida (XXR) O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi. Tadbir Shenyan provinsiyasida bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida ishtirokchilar Xitoyda oliy ta’limni isloh qilish, universitet boshqaruvi, yoshlarning kasbiy malakasini oshirish borasidagi tashabbus va tajribalar bilan yaqindan tanishdilar. Dastur ma’ruzalar, muhokamalar va o‘quv safarlariga boy bo‘ldi. Jumladan, seminar ishtirokchilari Lyaonin provinsiyasining Dalyan shahri va Xubey provinsiyasining Uxan shaharlarida bo‘lib, oliy ta’lim sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar.
Seminar doirasida Xitoy Xalq Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida oliy ta’lim sohasida to‘plangan tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.