Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalasi muhokama qilindi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalasi muhokama qilindi
Joriy yilning 20-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi: hozirgi holat va muammolar” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov, JIDU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Sodiq Safoyev tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, O‘zbekistonning JSTga tezlashtirilgan tarzda a’zo bo‘lishi, jumladan, mamlakatni o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarni inobatga olgan holda, dolzarbligiga e’tibor qaratdi.
“Faqat barcha manfaatdor tomonlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin”, dedi u.
O‘z navbatida, prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov JSTga a’zo bo‘lish sharoitida mamlakatimiz oldida turgan ikkita asosiy maqsadni ta’kidladi: ichki bozorda raqobatni kuchaytirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish.
Davra suhbati doirasida davlatimiz rahbarining joriy yil iyun oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama chog‘ida ishtirokchilar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq bugungi holat va muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdi.