JIDUda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar tahliliy markazlarining xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
JIDUda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar tahliliy markazlarining xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar tahliliy markazlarining “Uzoq muddatli hamkorlik uchun yangi kun tartibi” nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan MDH Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iz va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor elchilari, MDHning yetakchi mutaxassislari, hamda JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Konferensiyani Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov ochar ekan, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning MDH Davlat Rahbarlari Kengashlari yig‘ilishida bildirilgan tashabbusini amalga oshirish doirasida tashkil etilganini ta’kidladi.
JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov ttadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, universitet global munosabatlar, iqtisodiy rivojlanish va diplomatiyaning asosiy masalalarini muhokama qilish uchun birinchi marta xalqaro maydonga aylanmayotganini ta'kidladi.
“MDH davlatlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi bunday muhim muhokamalar uchun joy ajrata olganimizdan faxrlanamiz”, – dedi A.Umarov.
So‘zga chiqqan MDH mamlakatlari ekspertlari Hamdo‘stlik makonidagi jarayonlarni chuqur tahlil qilib, istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlarni o‘rganib chiqdi, shuningdek, barqaror rivojlanish uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni baholadi.
Xalqaro konferensiya davomida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va “yashil”ga o‘tish, jumladan, sanoat kooperatsiyasi, savdo, transport, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari, shuningdek, hamkorlikning madaniy-gumanitar vektori muhokama qilindi.