JIDUda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan taniqli tadbirkor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 12 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida taniqli tadbirkor – “New Retail” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Anorbank” va “Kapital sug‘urta” AJ ta’sischisi Qaxramonjon Olimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Q.Olimov O‘zbekiston Prezidenti bilan ochiq muloqot formatida ishtirok etib, unga “Do‘stlik” ordeni yuksak davlat mukofotini topshirish haqida alohida hayajon bilan gapirdi.

    “Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning mamlakatimiz iqtisodiyoti va uning ertangi farovonligiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi. Bu yo‘lda biz uchun eng qulay sharoitlar yaratilib, ulkan istiqbollar ochilmoqda. Bizga bildirilayotgan katta umidlarni oqlashimiz kerak”, – dedi Q.Olimov.

    Uchrashuvda taniqli tadbirkor o‘zining ish tarixi, biznesdagi ilk qadamlari va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi.

    Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, moliya, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

    Q.Olimov talabalarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.

    Yakunda JIDU vakillari va O‘zbekistonning taniqli tadbirkori o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalarini aytib o‘tdilar.