JIDUda Queen Rania Teacher Academy vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Queen Rania Teacher Academy vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Queen Rania Teacher Academy (Iordaniya) ijrochi direktori Usama Ubaydat bilan uchurashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda U.Ubaydat Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonda turli sohalarda, jumladan, maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim sohasida tub islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Ta’limning barcha bosqichlarida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy o‘quv dasturlari asosida pedagogik ko‘nikma va mahoratlarni boyitish, masofaviy oliy ta'limni tashkil etish borasida JIDU bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, biznesni boshqarish, menejment va yetakchilarni tayyorlash kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va imkon qadar qisqa vaqt ichida o‘z takliflarini taqdim etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Ma’lumot uchun. Queen Rania Teacher Academy elektron ta'lim, virtual sinfni boshqarish va boshqa jihatlarni o'z ichiga olgan maxsus ta'lim dasturlarini, arab tili ikkinchi chet tili sifatida o'qitiladigan ta'lim muassasalari, shu jumladan Shvetsiya, Daniya va Singapurdagi universitetlar uchun o'qituvchilarni tayyorlash kurslarini taqdim etadi.