JIDUda yoshlar o‘rtasidagi giyohvandlik muammolari muhokama qilindi
JIDUda yoshlar o‘rtasidagi giyohvandlik muammolari muhokama qilindi
Joriy yilning 26 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Jinoyat huquqi kafedrasi boshlig‘i Podpolkovnik Maqsud Qalandarov, M.Ulug‘bek tumani Ichki ishlar bosh boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshlig‘i podpolkovnik Baxodir Yormatov, shuningdek, professor – o‘qituvchilar, tyutorlar va 1 bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda M.Qalandarov va B.Yormatovlar ma’ruza qilib, jinoyatchilik va giyohvandlik bilan bog‘liq dolzarb masalalarni ko‘tardilar. Ular yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan profilaktika dasturlarining muvaffaqiyatli namunalari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, talabalarni bo‘sh vaqtini faol va ijtimoiy faoliyatga jalb qilishning turli usullarini taklif qilishdi.
Tadbir ishtirokchilari ochiq suhbat o‘tkazdilar, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ushbu muammolarni hal qilish yo‘llari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.