EKOLOGIYA MUAMMOSI YOSHLAR NIGOHIDA

EKOLOGIYA MUAMMOSI YOSHLAR NIGOHIDA

    EKOLOGIYA MUAMMOSI YOSHLAR NIGOHIDA

    EKOLOGIYA MUAMMOSI YOSHLAR NIGOHIDA

    Joriy yilning 7-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Xudaykulova va “Muloqot ko‘nikmalari” to‘garagi a’zolari maktab o‘quvchilarida ijtimoiy, global muammolar, mustaqil davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti to‘g‘risidagi turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha olish ko‘nikmasini shakllantirish, o‘z fikrini asosli bayon qila bilish,  fikr almashish maqsadida Sergeli tumanidagi 332-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

    Ushbu tashrif davomida JIDU talabalari Ekologiya muammosi  yoshlar nigohidamavzusida o’z chiqishlari bilan ishtirok etdi, xususan, ekologik muammolar bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, global isish, ichimlik suvi tanqisligi, suv havzalari, havoning ifloslanishi  kabi muammolar nafaqat atrof-muhitni, balki inson salomatligini ham xavf ostiga qoʻyayotganligi, yildan yilga surunkali kasalliklar soni keskin oshayotganligi va  bu  masalalarni hal qilish har bir jamiyat aʼzosining burchi ekanligi  haqida o‘zaro fikr almashdi.

      Ushbu masalalar talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida  qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi,  bu esa ishtirokchilarni bugungi kunning dolzarb masalalari haqida chuqur mulohaza yuritishga undadi.