JIDU vakillari A. Gromiko nomidagi MDH yoshlari xalqaro munosabatlar forumida ishtirok etdi
JIDU vakillari A. Gromiko nomidagi MDH yoshlari xalqaro munosabatlar forumida ishtirok etdi
Joriy yilning 22-25-iyul kunlari Moskva (Rossiya Federatsiyasi) shahrida A. Gromiko nomidagi MDH yoshlari xalqaro munosabatlar forumi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirga MDH davlatlaridan 50 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, Rossiya Fanlar Akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ma’muriyatining vakillari hamda ekspertlari taklif etildi.
Shuningdek, ushbu forumda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani muovini Abdulaziz Rahmatullayev hamda JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Islomxon Gafarov ishtirok etdi.
Toʻrt kun davomida ishtirokchilar nafaqat oʻz tadqiqotlari va loyihalarini taqdim etish, balki dolzarb tashqi siyosat masalalarini muhokama qilish, yangi tutashish nuqtalarini topish va kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash imkoniyatiga ega boʻldilar.