JICA BILAN HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

JICA BILAN HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

    JICA BILAN HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

    JICA BILAN HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

    Joriy yilning 19-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  JICA Chair dasturi doirasida  ushbu xalqaro hamkorlik agentligi Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob BITO Yoshibumi va Yaponiyaning mamlakatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xatori Takashi bilan uchrashuv bolib otdi.

    Mehmonlarni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev kutib oldi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, JICA vakolatxonasi va universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    S.Safoyev Yaponiyaning sifatli davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishdagi tajribasi, mamlakatimizning yanada rivojlanishi uchun muhim ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida Yaponiyaning yetakchi ta’lim muassasalari bilan talabalar almashish dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, bundan tashqari, universitetda JICA vakolatxonasi tomonidan yapon tili bo‘yicha volontyor-o‘qituvchilar ham ish yuritadi.

    O‘z navbatida, JICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari BITO Yoshibumi yaqinda ochilgan JIDU huzuridagi Yaponiya ilmiy-tahlil markazi faoliyati uchun rektorga minnatdorlik bildirdi.

    Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hatori Takashi Yaponiya Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston o’rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni, xususan, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot platformasi tashabbusi doirasida muhim deb bilishini alohida ta’kidladi.

    Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv yakunida JICA Chair tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    JIDU talabalari oldida Tsukuba universiteti professori Timur Dadabayev “Yaponiya mo‘jizasi: tezkor iqtisodiy o‘sishning institutsional omillari (1955-1975yillar)” mavzusida nutq so‘zladi.

    Professor “Yaponiya iqtisodiy mo‘jizasi” sifatida tarixga kirgan II Jahon urushidan keyin Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishi haqida gapirdi. Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

    Uning yakuniga ko‘ra, professor T.Dadabayev savollarga javob berdi, shundan so‘ng muhokama va fikr almashildi.