JIDUda Pokiston Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
JIDUda Pokiston Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 6-avgust kuni Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
Oliy martabali diplomatni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev qabul qildi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Elchi Ahmad Faruq Pokistonning yetakchi universitetlarining tajribali o‘qituvchilari yordamida JIDUda urdu tilini chuqur o‘rganishni tashkil etishni taklif qildi.
- Bu talabalarga tilni yaxshiroq o‘rganish, mamlakatimiz an’analari va madaniyati haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish imkonini beradi, - dedi u.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki davlat oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari o‘rtasida o‘qish va tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochadigan kelishuvlarga erishildi.
Sana: | 07.08.2024 |
Ko'rganlar soni: | 2104 |
Ulashish: |