JIDU bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

JIDU bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

    JIDU bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

    JIDU bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

           Joriy yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

        Marosimni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kirish so‘zi bilan ochar ekan, bitiruvchilarning eng muhim yutuqlarini alohida ta’kidlab, ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

         – Universitet o‘z bitiruvchilari bilan haqli ravishda faxrlanadi va ular O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shishiga ishonadi, – deydi S.Safoyev.

             Shuningdek, universitetda o‘qishni tugatib, diplom olishida doimo yonidagi ota-onasining xizmatlari katta ekanini ta’kidladi.

         – Ular bilan birga biz Sizning keyingi muvaffaqiyatlaringiz bilan faxrlanamiz. Universitet eshigi sizlar uchun doim ochiq”, - dedi rektor.

             Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Baxromjon Aloyev bolajak diplomatlar oldida sozlar ekan, ular doimiy ravishda oz ustida ishlashlari, bilimini oshirish, tajriba va malaka oshirishga intilishlari, ishning innovatsion uslublarini joriy etishlari kerakligini takidladi.

             Yosh hamkasblarimizga video tabriklar va xayrlashuv sozlari mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari tomonidan yuborildi. Marosimga kelgan xorijiy davlatlarning Favqulodda va muxtor elchilari JIDU bitiruvchilariga oz tilaklarini bildirdi. Ular orasida Fransiyaningelchisi Aureliya Bushez, Koreya Respublikasi elchisiVon Do Yon, AQSH elchisi Jonatan Xenik, Xitoy XalqRespublikasi elchisi Yu Jun, Italiya elchisi AgostinoPinna va boshqalar.

        Sobiq talabalar va ularning ota-onalari tinimsiz vaezgu mehnatlari uchun JIDU professor-o‘qituvchilarigao‘z minnatdorchiligini bildirdi. Yoshlar hayotida muhim bosqichga aylangan oliy o‘quv yurtida o‘qish yillari ularning xotirasida mangu saqlanib qolishini birovozdan ta’kidladilar.

           Ma’ruza yakunida Tashqi ishlar vazirligi va JIDU rahbariyati vakillari bitiruvchilarga diplom va sertifikatlar topshirdilar.

           Tantanali tadbir rang-barang konsert dasturi bilan yakunlandi.