Oʻzbekiston prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti JIDUda maʼruza qildi
Oʻzbekiston prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti JIDUda maʼruza qildi
Oʻzbekiston prezidenti maslahatchisi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) sobiq prezidenti
Suma Chakrabartini talabalarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti (JIDU) rektori Sodiq Safoyev tanishtirdi.
Janob Chakrabarti oʻz maʼruzasini 2060-yilgacha oraligʻidagi 10 ta megatrendlarga bagʻishladi. Xususan, demografiya, urbanizatsiya, oʻrta qatlamning koʻpayishi, tengsizlik, iqlim oʻzgarishi, oʻsib borayotgan migratsiya, axborot texnologiya, global hamkorlikdagi ishonchsizlik va jahon iqtisodiyotidagi oʻzgarishlar ehtimoli koʻrib chiqildi.
Uchrashuv soʻngida Chakrabarti janoblari mavzu boʻyicha berilgan savollarga javob berdi.
Maʼruzada nafaqat JIDUning talabalari va magistrlari, balki Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti talabalari ham ishtirok etishdi.
Janob Suma Chakrabarti Britaniyaning sobiq davlat xizmatchisi, ikki marta YeTTB prezidenti lavozimida ishlagan.
Suma Chakrabarti 2020-yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan.
Sana: | 24.03.2023 |
Ko'rganlar soni: | 3641 |
Ulashish: |