JIDUda Avstriyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Avstriyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev Avstriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Matias Radostich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida JIDU va Avstriyaning yetakchi universitetlari o'rtasidagi diplomatik munosabatlar sohasidagi hamkorlikning alohida ahamiyati qayd etildi.
Tomonlar qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, stajirovkalarni tashkil etish va akademik almashinuvlarga qiziqish bildirishdi. Universitet professor-o‘qituvchilari uchun avstriyalik mutaxassislar ishtirokida o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi ta’lim va diplomatiya sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.