JIDU vakillari O‘zbekiston Respulikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi mas’ul xodimlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
JIDU vakillari O‘zbekiston Respulikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi mas’ul xodimlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
Joriy yil 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Til ta’limi markazi rahbari, Хаlqaro iqtisodiyot va menejment, Хalqaro munosabatlar fakultetlari dekanlari, bo‘lim rahbarlari hamda “Sharq tillari”, “Xalqaro iqtisod va “Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedralari mudirlari, Elchixona tomonidan – Elchixona maslahatchisi A. Abduhalimov ishtirok etdilar.
Muloqotda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud keng qamrovli munosabatlari doirasida oliy ta’lim sohasida JIDU fakultetlari va bo‘limlari hamda Amirliklardagi universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va jamgarmalari bilan o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
JIDU tomonidan BAA oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi, arab tilini o‘qitish, arab tili o‘ituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, grantlar olish, xalqaro seminarlar, konferensiyalar, mahorat darslari tashkil etish kabi maslalarda hamkorlikning muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur sohada Vakolatxona tomonidan O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirayotgan BAAdagi Sharja universiteti, Sharja Amirligidagi Arab tili akademiyasi bilan JIDU o‘rtasida bevosita hamkorlikni o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbir yakunida JIDU bilan O‘zbekiston Respublikasining Amirliklardagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik ko‘laminini yanada kengaytirish va mustahkamlash borasida kelishuvga erishildi.