JIDU va Sharja universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
JIDU va Sharja universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Joriy yilning 11-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Sharja (BAA) universitetining ijtimoiy masalalar bo‘yicha prorektori Salah Tohir Muhammad Sharif al-Haj bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JIDU masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusupdjanov mehmonga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining tarixi va zamonaviy faoliyati haqida ma’lumot berdi. U oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuvda akademik hamkorlikning turli shakllari, jumladan, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi, qoʻshma taʼlim dasturlari va kurslari, qoʻshma loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun xalqaro grantlar olish imkoniyatlari qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusidagi sheriklik uchun asos bo‘ladigan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolashga kelishib oldilar.
Ma'lumot uchun. Sharja universiteti 1997-yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirda Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng yirik xalqaro taʼlim va madaniyat markazi hisoblanadi. Universitetning ta’lim va tadqiqot dasturlari xalqaro hamkorlikka qaratilgan bo‘lib, butun dunyodan olimlar va mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan. Universitet dunyoning 30 dan ortiq yetakchi akademik olit o‘quv yurtlari bilan uzoq muddatli hamkorlik va sheriklik shartnomalariga ega.