Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Bitiruvchilar kutubxonasi tashkil etildi

    Joriy yilning 4-mart kuni JIDU Bitiruvchilar birlashmasi tomonidan ilk bor “Kitob almashish” nomli loyiha o‘tkazildi. Unda universitet bitiruvchilari kutubxonaga 200 dan ortiq kitoblar, jumladan, darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar, jurnalistika, ilmiy-ommabop va ko‘p tarmoqli kitoblarni sovg‘a qilishdi.

    Tadbir davomida bitiruvchilar talabalar bilan muloqot qilib, qimmatli  tajribalarini o‘rtoqlashdilar.

    “Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad bitiruvchilarda sogʻinch tuygʻularini uygʻotish, ularning universitet bilan yaqinlashishi va hozirgi talabalar bilan yaqindan tanishishdir. Oʻylaymizki, har bir bitiruvchida universitetimizga qaytib, oʻzini yana talabadek his qilish istagi bor. Umid qilamizki, talabalikning oltin davrlarini eslab maroqli vaqt o‘tkazishdi”, – deydi JIDU Bitiruvchilari birlashmasi raisi Mirkomil Boboyorov.

    JIDU bitiruvchilari uyushmasi 6000 dan ortiq a’zoga ega. 2028-yilga kelib o‘sish ikki baravar ko‘payishi kutilmoqda. Tashkilot ko‘proq uchrashuvlar o‘tkazish orqali talabalarni birlashtirib, universitet reytingini oshirishni rejalashtirgan.