JIDU talabalari O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etishdi

JIDU talabalari O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etishdi

    JIDU talabalari O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etishdi

    JIDU talabalari O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etishdi

    Joriy yilning 17-yanvar kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasi binosida “Davlat dasturi loyihasi O‘zLiDeP yoshlarning nigohida” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

    Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahar Kengashi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda O‘zLiDePning volontyor yoshlari va oliy taʼlim muassasalarining talabalari, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.

    Muloqot davomida 2025-yil – “Аtrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” Davlat dasturi loyihasidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Xususan, “yashil iqtisodiyot”ni joriy etishning asoslari, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va tadbirkorlarni ushbu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari alohida eʼtiborga olindi. Ushbu tashabbuslar milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda muhim omil sifatida baholandi.

    Shuningdek, 2025-yil Davlat dasturi loyihasi doirasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishga, tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga bo‘lgan eʼtiborni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi va ushbu yo‘nalishlar O‘zLiDePning saylovoldi dasturida belgilab qo‘yilgan qator ustuvor yo‘nalishlar bilan to‘liq hamohangligi taʼkidlab o‘tildi.

    Ochiq muloqotda Davlat dasturi loyihasi doirasida qabul qilinishi kutilayotgan normativ huquqiy hujjatlarning ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi. Qonunchilik palatasining ushbu hujjatlarni tayyorlash va ijrosini taʼminlashdagi faoliyati muhim ekani taʼkidlandi. Huquqiy hujjatlar ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishida asosiy huquqiy zamin bo‘lib xizmat qilishi yuzasidan maʼlumotlar berib oʼtildi.

    Tadbirda, shuningdek, barqaror rivojlanish parametrlari va “yashil iqtisodiyot” kontseptsiyasining muhimligiga doir masalalar muhokama qilindi. Tabiatni muhofaza qilish, ekologik tozalikni taʼminlash va yashil texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha koʼplab takliflar ilgari surildi.

    Ochiq muloqot davomida OʼzLiDeP yoshlarining Davlat dasturi loyihasiga munosabati ham tinglandi. Yoshlar partiyaning ushbu dasturning ishlab chiqilishidagi faol ishtirokini alohida eʼtirof etib, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Tadbirda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, barcha fikr-mulohazalar umumlashtirildi.

    Ushbu muloqot, nafaqat Davlat dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirish, balki yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va tashabbuskorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.