XALQARO TRANSPORT HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASSLAR

XALQARO TRANSPORT HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASSLAR

    XALQARO TRANSPORT HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASSLAR

    XALQARO TRANSPORT HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASSLAR

    Joriy yilning 19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro biznes huquqi” yo‘nalishi magistrantlari uchun “Xalqaro transport huquqi” fanidan master-klass bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti iqtisodiy sohadagi qonunchilik sektori mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Kamil Rashidov olib bordi.

    Master-klass xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda huquqiy tartibga solishning amaliy jihatlariga e’tibor qaratildi. K.Rashidov shartnoma munosabatlari, tomonlarning javobgarligi va turli yurisdiktsiyalarda huquqni qo‘llash amaliyoti xususiyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

    Bundan avval JIDUning “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Dilfuza Imamova Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU)ning “Biznes huquqi” fakulteti 4-bosqich talabalari uchun master-klass o‘tkazgan edi. Uning mashg‘ulot mavzusi “Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish” bo‘lib, “Xalqaro xususiy huquq” fani doirasida o‘tkazildi.

    D.Imamova yuk va yo‘lovchi tashishning xalqaro huquqiy va kollizion tartibga solish masalalarini ochib berdi. Xususan, avtomobil, temiryo‘l, havo va dengiz transportida xalqaro tashish turlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Talabalar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘lishdi, balki real holatlar bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etishdi va xalqaro tashishning o‘ziga xos jihatlarini chuqurroq tushunish imkoniga ega bo‘lishdi.

    Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning faol ishtirokida o‘tdi, ular mavzu bo‘yicha savollar berishdi va o‘z fikrlarini bildirishdi. Taklif etilgan ma’ruzachilar bilan muloqot talabalarning xalqaro transportni tartibga soluvchi murakkab huquqiy mexanizmlarni yanada chuqurroq o‘rganishlariga xizmat qildi.

    Master-klasslar talabalar va magistrantlar uchun muhim ta’lim platformasiga aylandi, ularga xalqaro xususiy va transport huquqi sohasidagi yetakchi mutaxassislardan noyob tajriba olish imkonini berdi. Ushbu tajriba Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ning 17-maqsadi – “Barqaror rivojlanish uchun hamkorlik” ga ham mos keladi.