JIDUda atrof-muhitni muhofaza qilishni o‘rganishda kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

    Joriy yilning 27-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Roman-german tillari” kafedrasi fransuz tili oʻqituvchilari tomonidan "Atrof-muhitni muhofaza qilish" mavzusini o'rganishda kommunikativ texnologiyalardan foydalanish (loyiha usuli) mavzusi bo`yicha mahorat darsi tashkil etildi.

    Tadbirda JIDU “Roman-german tillari”, “Sharq tillari” kafedra o’qituvchilari, shuningdek, Andijon Davlat chet tillari instituti, “Roman-german va slavyan tillari” fakulteti, “Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri M.S. Ishanjanova hamda Yangi hayot tumani "Mash'al" MFY raisi U.T. Mo‘minov onlayn tarzda ishtirok etdilar.

    Mahorat darsining maqsadlari – chet tilini loyiha metodi asosida o’qitish modeli va uning afzalliklari bilan tanishish, loyiha metodini ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq muammolarni o’rganishdan iborat.

     Hozirgi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish va uni asrab-avaylash kabi masalalar dolzarb vazifalarga aylangan. Mahorat darsi chet tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va o‘qitishga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.

    Mahorat darsi songida ishtirokchilar atrof-muhitni muhofaza qilishga bag'ishlangan muvaffaqiyatli loyihalar bilan tanishish imkoniyatiga ega boldilar.