JIDUda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va ularni turli tahdidlardan asrash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
JIDUda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va ularni turli tahdidlardan asrash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 16-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Akmal Muratov ishtirok etib, bugun dunyo shiddat bilan o‘zgarib, raqamli texnologiyalarning tarqalishi, yoshlar internetdan keng foydalanuvchi aholi qatlami sifatida kiberxavflar bilan ko‘proq to‘qnashib yoki ularga aloqador bo‘lishi to‘grisida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, internet foydalanuvchilariga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan sohaga doir huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Suxbatda talaba-yoshlar tarmoqda xavfsiz o‘zaro hamkorlikni tashkil etish masalalarini, shuningdek, zamonaviy kiberjinoyat turlarining xususiyatlarini faol muhokama qildilar.
Tadbir so‘ngida Kiberjinoyat haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir bo‘yicha videorolik namoyish etildi.
Ta’kidlash joizki, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va kishilik jamiyatining barcha sohalarida internetdan keng foydalanish kundalik faoliyatning bir qismini tashkil etib, xizmat ko‘rsatish, ilm-fan, ta’lim, elektron tijorat, shuningdek insonning fikrlash tarziga o‘zining ijobiy ta’siri bilan kirib kelganligi, ushbu o‘zgarishlar hayot sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, jinoyatchilikning yangi shakli internet tarmoqlari orqali sodir etilayotgan jinoyat turlarining yuzaga kelishiga zamin yaratdi hamda hayotimizga “kiberjinoyatchilik” tushunchasini olib kirganligi, yoshlar orasida kiberjinoyat sodir etilishi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Sana: | 16.01.2025 |
Ko'rganlar soni: | 221 |
Ulashish: |