JIDUda “Yangi O‘zbekistonda saylov tizimi transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Yangi O‘zbekistonda saylov tizimi transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 21 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yangi O‘zbekistonda saylov tizimi transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, yuridik sohaning yetakchi mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, xususan, saylov tizimidagi yangiliklar va o‘zgarishlar muhokama qilindi. Tadbirda ta'kidlanganidek, mamlakatda saylovlar demokratiyaning muhim poydevori bo‘lib, ularni adolatli va shaffof o‘tkazish davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'ruzachilar yangi qabul qilingan qonunlar orqali saylov jarayonlarining yanada shaffoflashtirilganini, fuqarolarning saylovlarda ishtirok etish imkoniyatlari kengayganini alohida qayd etib o‘tdilar. Shuningdek, yangi tizimning aholining siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirishdagi roliga ham alohida e'tibor qaratildi.
Talabalar va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, muhokamalarda faol ishtirok etishdi. Davra suhbati yakunida, yangi saylov tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.