“Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” nomli rektor kursi yakunlandi
“Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” nomli rektor kursi yakunlandi
Joriy yilning 20-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU rektori Sodiq Safoyev boshchiligida Yulduzxon Imomova muvofiqligida 3-bosqich talabalari “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” kursini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Kurs o‘ziga xos formatga ega bo‘lib, ma’ruzalarda rektorning o‘zidan tashqari turli mamlakatlardan elchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari va taniqli olimlar va ekspertlar ishtirok etishdi.
Kursni tugatgandan so‘ng talabalar jahon iqtisodiyoti va siyosatining dolzarb muammolari hamda ularning O‘zbekiston manfaatlariga ta’siri bo‘yicha chuqur bilim va tushunchalarini namoyish etdilar. Barcha talabalarga fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganligi va yuqori faolligi uchun sertifikatlar topshirildi.