
Fan olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandilar
Fan olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq 2024-yil 25-noyabr - 4-dekabr kunlari umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o`tkazilgan Asosiy olimpiadaning III (Toshkent shahar) bosqichida JIDU akademik litseyi o`quvchilari ham munosib ishtirok etishdi.
Akademik litsey o`quvchilaridan 6 nafari ushbu bosqichda faxrli o`rinlarni qo`lga kiritdilar, bularning 3 nafari IV (Respublika) bosqichida qatnashish huquqiga ega bo`ldilar.
Shu munosabat bilan 2024 yilning 13-dekabr kuni JIDU kinozalida fan olimpiadalari sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbir davomida II-kurs AFR2-23 guruhi oʻquvchisi Rahimova Mohinur (ingliz tili, II-oʻrin) II-kurs AFR1-23 guruhi oʻquvchisi Zaripov Latif (nemis tili, III-oʻrin), II-kurs IG1-23 guruhi oʻquvchisi Axmedjanov Iskandar (tarix, III-oʻrin), I-kurs IG2-24 guruhi oʻquvchisi Zulxanov Asilbek (huquqshunoslik, I-oʻrin), I-kurs IG1-24 guruhi oʻquvchisi Iskandarova Ruhshona (tarix, III-oʻrin), I-kurs IG1-24 guruhi oʻquvchisi Ergashev Firdavs (tarix, II-oʻrin) akademik litsey rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.