Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida an’anaviy “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun universitet bilan yaqindan tanishish, ta’lim dasturlari, qabul shartlari va talabalar hayoti bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Tadbirda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari, kollej va litseylar o‘quvchilari ishtirok etdi.
JIDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Yusupdjonov mehmonlarga murojaat qilib, JIDU mamlakatning yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biri bo'lib, tashqi siyosat, huquq va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlayotganini ta'kidladi. Universitetda kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur bilimlarni olish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Tadbir davomida universitet faoliyati, uning tuzilishi, shartlari, o'quv rejasi, erishilgan yutuqlar va istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berildi. Fakultet dekanlari ta'lim dasturlari, o'qitish xususiyatlari va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash istiqbollari haqida gapirib berishdi. Shuningdek, ular bo'lajak talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.
So‘ngra JIDU mehmonlari universitet hududi bo'ylab ekskursiya qilishdi, o'quv binolari, auditoriyalarni ko‘zdan kechirishdi, kutubxona va sport majmuasiga tashrif buyurishdi.
Ekskursiya yakunda JIDU talabalar kengashi o‘z faoliyati haqida taqdimot qildi.
Sana: | 18.05.2024 |
Ko'rganlar soni: | 2182 |
Ulashish: |