Niderlandiya elchisi JIDU talabalari uchun ma’ruza qildi

Niderlandiya elchisi JIDU talabalari uchun ma’ruza qildi

    Niderlandiya elchisi JIDU talabalari uchun ma’ruza qildi

    Niderlandiya elchisi JIDU talabalari uchun ma’ruza qildi

    Joriy yilning 29-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Niderlandiya Qirolligining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Niko Shermers bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

    JIDU rahbariyatining diplomat bilan suhbatida ko’p qirrali O’zbekiston-Niderlandiya munosabatlari, shu jumladan fan va ta’lim sohasi istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, ikki mamlakat universitetlari professor-o’qituvchilarni almashish imkoniyati ko’rib chiqildi, bu esa yangi o’qitish usullarini joriy etish va ta’lim darajasini oshirishga imkon beradi.

    Tomonlar keyingi muloqotga va akademik va tadqiqot loyihalarida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Elchi Niko Shermers JIDUda boʻlganida xalqaro munosabatlarning eng muhim masalalari boʻyicha maʼruza oʻqidi va asosiy eʼtiborni Niderlandiya va Yevropa nuqtai nazariga qaratdi. Ma’ruza so’ngida, talabalarni qiziqtirgan mavzulardagi savollariga ham javob berdi.