JIDUda “Raqamlashtirish davrida inson huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlari” nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Raqamlashtirish davrida inson huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlari” nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Raqamlashtirish davrida inson huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlari” nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10-dekabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Raqamlashtirish davrida inson huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlarinomli xalqaro konferensiyasi bolib otdi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada milliy va xalqaro mutaxassislar, huquqshunos olimlar, oliy talim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qilish organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ilmiy nazariya va amaliy tajriba asosida fikr almashdilar.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligi, uning mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini taʼminlashdagi o‘rni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashdagi ahamiyati eʼtirof etildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi  mamlakatimizda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-manaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va rolini yoritish; Yangi konstitutsiyaviy normalar jamiyatning turli jabhalaridagi ijtimoiy munosabatlarga qanday taʼsir ko‘rsatayotganini o‘rganish, ayniqsa, fuqarolik jamiyati rivoji, davlat boshqaruvi va inson huquqlarini himoya qilish masalalaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish; Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning xalqaro inson huquqlari standartlari bilan uyg‘unlashuvini tahlil qilish, inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlash sohasida xalqaro standartlarga muvofiq qonunchilik bazasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; Yangi texnologiyalar va raqamli rivojlanish jarayonida inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning yangi usullari, xususan, raqamli huquqlar, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish kabi sohalarda innovatsion yondashuvlarni ilmiy va amaliy jihatdan muhokama qilishdan iborat.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.