Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish loyihasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish loyihasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida joriy yilning 23-24-aprel kunlari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan sanitariya va fitosanitariya choralari (SFS) va savdo-sotiqdagi texnik to‘siqlar (TBT) masalalari bo‘yicha kurslar tashkil etildi.
Tadbir JIDUning Xalqaro huquq fakulteti tomonidan Jenevada joylashgan Xalqaro savdo markazi (XSM) hamda JST va BMT qo‘shma agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Kursning yetakchi eksperti sifatida XSMning ushbu sohalar bo‘yicha katta maslahatchisi Artur Appleton ishtirok etdi.
Kurs dasturi SFS va TBT kelishuvining tamoyillari, ko'lami va majburiyatlari hamda ularning xalqaro savdoga ta’siri, shu jumladan bozorga kirish va savdo imkoniyatlari ta'siriga qaratildi.
Ushbu dastur auditoriyasi o‘z ichiga respublika vazirliklari va idoralari vakillari, savdo muzokarachilari, SFS va TBT masalalari bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar mutaxassislari, shuningdek, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga jalb qilingan manfaatdorlarni qamrab oldi.
Ma’lumot uchun: Artur Appleton – Boloniyadagi Jon Xopkins universiteti ilg‘or xalqaro tadqiqotlar maktabining (SAIS-Europe) xalqaro huquq kafedrasi dotsenti va Appleton Luff - International Lawyers asoschilaridan biri. U xalqaro savdo huquqi sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega hisoblanib, alohida davlatlar, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan ishlaydi.