JIDU birinchi prorektori Inson huquqlari va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    Joriy yilning 4-5 dekabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida «Korrupsiyaning oldini olish: inson huquqlarini himoya qilish va davlat boshqaruvining samaradorligini ta'minlash vositasi sifatida: holat va istiqbollar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan sana va Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bagishlandi. 

    Ushbu nufuzli tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-marifiy ishlar boyicha birinchi prorektor, yuridik fanlari nomzodi, dotsent O. Yusupjanov ishtirok etdi.

    Konferensiya davomida korrupsiyaga qarshi kurash orqali inson huquqlarini himoya qilish, boshqaruvda oshkoralikni ta'minlash va samarali choralarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy muammolar va xalqaro hamkorlik istiqbollari ham alohida etibor markazida boldi. 

    Anjumanda JIDU birinchi prorektori O. Yusupjanov nutq bilan ishtirok etib, ishtirokchilarning e’tiborini O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasiga qaratdi va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumot berdi.

    Tadbir davomida Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va JIDU ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.