
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida gender tenglik masalalari muhokama qilindi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida gender tenglik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 23-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Zamonaviy ayol-liderlar obrazi” turkumi doirasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
JIDU Xotin-qizlar qo‘mitasi Kengashi va “Lider” ayollar klubi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Shirin Normatova, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, erkaklar bilan teng huquqliligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Zamonaviy dunyoda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy o‘rni, ularning muvaffaqiyatli kasbiy martaba yo‘lidagi qolip va qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbir gender tengligini ta’minlash, lider ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashish uchun samarali forumga aylandi.