Adliya vazirligi yuridik texnikumlarini muvaffaqiyyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2023-2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 14-15-avgust kunlari Adliya vazirligi yuridik texnikumlarini muvaffaqiyyatli tamomlagan bitiruvchilarni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga yakka tartibda suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli va  2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarorlariga asosan, nizomda belgilangan tartib asosida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti bakalavriat bosqichi “Yurisprudensiya – 60420100” kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 23 nafar nomzod hujjat topshirgan.

    Suhbatni adolatli o‘tilishni ta’minlash maqsadida, jarayon universitetning Youtube platformasidagi kanalida online tarzda translyatsiya (https://youtube.com/live/k-4JwEJpmNc?feature=share ) qilindi.

    Shuningdek, talabgorlarning ota-onalari uchun alohida kutish xonasi va u yerda suhbatni onlayn kuzatish imkonini beruvchi ekran joylashtirildi. Suhbat jarayonida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish Komplayens nazorat sektori xodimi ishtirok etdi va ommaviy axborot vositalari jarayonni ochiq va erkin tarzda kuzatish ta’minlandi.

    Suhbat natijalariga ko‘ra, quyidagi abituriyentlar talabalikka tavsiya etildi: Mamatkarimov Shaxzod Qahramon qizi, Aliqulova Hamidabonu Abdurasul qizi, Oydinova Sitora Isroilovna, Kamolov Shaxzodbek Komil o‘g‘li, Zamanov Nodirbek Sobirjon o‘g‘li, Narimbetov Daniyar Yermat o‘g‘li, Abduvaxabova Farangiz Azimjonovna, Ergasheva Dilnoza O‘tkirbek qizi.