“Xalq va armiya – bir tanu bir jon” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
“Xalq va armiya – bir tanu bir jon” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Vatanparvarlik haftaligi” doirasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusufjonov ochib berib, barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etdi. U bizning yoshlarimiz O‘zbekistonning kelajakdagi manfaatlarini himoya qilish uchun kalit ekanligini ta’kidladi.
Mazkur tadbirda talabalar Vatan himoyachilari kuniga atalgan sahna ko‘rinishlarini olib chiqishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining ofitserlar tarkibi o‘z mahoratlarini namoyon etishdilar.
Tadbir yakunida, “Vatanparvarlik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalar universitet tomonidan taqdirlandi.
Sana: | 12.01.2024 |
Ko'rganlar soni: | 3203 |
Ulashish: |