JIDUda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi direktori, JIDU bitiruvchisi Akbar Musayev tashrif buyurdi.
JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov bilan uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
O‘quv-uslubiy ishlar sohasida tashkiliy-texnik hamkorlik imkoniyatlari, mamlakatimiz aholisining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan amaldagi me’yoriy hujjatlarga birgalikda darsliklar va sharhlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi. Milliy Qonunchilik axboroti (www.lex.uz) JIDUda oflayn tizimni joriy etish taklif qilindi. Shuningdek, amaliy hamkorlikni qiziqtirgan boshqa qator jihatlar bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.