JIDUda O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 6-iyun kuni jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida akademik almashinuv, JIDU va O‘monning yetakchi o‘quv yurtlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
Elchi yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va JIDU arab tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Rektor S.Safoyev O‘mon elchisini JIDUda ma’ruzalar o‘qishga taklif etib, bu universitet talabalariga ushbu mamlakatni yaqindan bilish, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilish, ularni qiziqtirgan savollarni berish imkonini berishini ta’kidladi.