Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Bangladeshning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mohammad Monirul Islom bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Bangladeshning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mohammad Monirul Islom bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islomni qabul qildi.
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik istiqbollari, ikki davlat o‘rtasida akademik almashinuv va ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Elchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Bangladesh va O‘zbekiston Diplomatik akademiyalari o‘rtasida Memorandum imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Sana: | 05.04.2024 |
Ko'rganlar soni: | 3723 |
Ulashish: |