JIDUda «Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi» mavzusida konferensiya o‘tkazildi

JIDUda «Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi» mavzusida konferensiya o‘tkazildi

    JIDUda «Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi» mavzusida konferensiya o‘tkazildi

    JIDUda «Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi» mavzusida konferensiya o‘tkazildi

    Joriy yilning 28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Ayol ma’rifati” nomli ilmiy-ijodiy soha vakillaridan iborat Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkillashtirilgan anjumanda JIDU Xotin-qizlar maslahat kengashi, Toshkent shahar oliy o’quv yurtlari olimalari, JIDU lider qizlari ishtirok etishdi.

    ZOOM platformasi orqali ulanib o‘tkazilgan anjumanda yurtimizda xotin-qizlarning ilm olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ayollarning ilmli bo‘lishining ahamiyati hamda oilalardagi ma’naviy axloqiy muhitni mustahkamlash xususida so‘z yuritildi.

    Konferensiyada Toshkent shahar oliy o‘quv yurtlari olimalari, JIDU olimalari zoom platformasi orqali O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova bilan muloqotda bo‘ldilar.

    Ayollarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, nufuzini oshirish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni milliy, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalash borasida ularning ulkan xizmatlari munosib qadrlanmoqda. Zero, ma’rifatli ayollar, ilmli xotin-qizlar ertangi avlod, millat tarbiyachisidir.