“Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
“Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda ulug‘ shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan JIDUda “Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” shiori ostida tadbirlar oyligi e’lon qilinib, “Hazrat Navoiy – buyuk donishmand va notiq” hamda “Bobur – mohir siyosatchi” mavzularida insholar, “Mumtoz she’riyat tarannumi” dasturi asosida videoroliklar tanlovi va “Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” tadbiri o‘tkazildi.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda ulug‘ shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan “Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” shiori ostida 1-10-fevral kunlari “Hazrat Navoiy – buyuk donishmand va notiq” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi va tanlov natijalariga ko‘ra Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Xikmatov Behruz g‘olib bo‘ldi.
2024-yil 1-10-fevralda talaba-yoshlar o‘rtasida “Bobur – mohir siyosatchi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi Norqulov Og‘abek g‘olib bo‘ldi.
2024-yil 1-12-fevralda talaba-yoshlar o'rtasida “Mumtoz she’riyat tarannumi” dasturi asosida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov doirasida turli yoʻnalishlarda tahsil oluvchi 40 dan ortiq talaba ishtirok etib, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Razzakova Sevinch g‘olib bo‘ldi.
Shuningdek, 2024-yil 14-fevralda “Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” shiori ostida fakultetlararo tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbek va rus tillari kafedrasi tomonidan uyushtirilgan ushbu tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Tadbir talabalar ijrosidagı Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur monologi bilan boshlandi.
Tadbirni Jahon iqtidodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorı O.Yusufjonov kirish nutqi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan JIDUda insholar va videorolik tanlovlari o‘tkazilishidan asosiy maqsad talabalarga butun dunyo ilm ahllari tomonidan e’tirof qilingan, dahosi oldida ta’zim qilinadigan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hamda “Boburnoma”dek nodir qo‘lyozma qoldirgan, markazlashgan davlat barpo etgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning g‘oyalarini singdirish, ularning asarlari orqali Uchinchi Renessans bunyodkori hisoblanadigan yoshlarda tarixni qadrlash, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish muhım vazıfa ekanligini ta’kidladi.
O.Yusufjonov tomonidan 2024-yil fevral oyi davomida “Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” shiori doirasida o‘tkazilgan tanlovi g‘oliblari faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida talabalar g‘azal-u ruboiylar bilimdoni ekanliklarini namoyish etib, Navoiy va Bobur she’riyatidan parchalar orqali bahribayt shartini bajardilar.
Shuningdek, Hazrat Navoiyning shaxsiy sifatlarini namoyon etuvchi “Navoiy zakosi”, Vatan sog‘inchi tufayli o‘zini podshohlikdan qutqarishni tilagan, umrining so‘ngini ijodga, so‘fiyona turmushga bag‘ishlashni orzu qilgan Bobur haqida "Bobur va Humoyun" sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir bayramona ruhda, xush kayfiyatda o‘tdi.