JIDUda ingliz tilida plakat taqdimoti ko‘rinishida “Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” bo‘lib o‘tdi
JIDUda ingliz tilida plakat taqdimoti ko‘rinishida “Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” bo‘lib o‘tdi
Birinchi kurs talabalari atrof-muhitning ifloslanishi, global plastik ifloslanishi, beton bilan qurilishning atrof-muhitga ta'siri, biologik xilma-xillikning yo'qolishi va turlarning yo'q bo'lib ketishi, issiqxona effekti tufayli yuzaga kelgan iqlim o'zgarishi kabi keng ko'lamli ekologik muammolarni o'z ichiga olgan plakatlar tayyorladilar.
Taqdimot doirasida talabalar mustaqil izlanishlar, so‘rovnomalar va ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘z ishlari natijalarini ingliz tilidagi plakatlarda vizual tarzda taqdim etishdi.
Tadbir aholining dolzarb ekologik muammolar haqida xabardorligini oshirish, atrof-muhitni faol himoya qilishga ko‘maklashish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), ayniqsa, SDG 13: Iqlim bo‘yicha harakatga e’tiborni qaratishga qaratilgan. Ishtirok etish uchun universitet jamoasi a’zolari va qo‘shni maktablar talabalari ham taklif etildi.