JIDU KUZATUV KENGASHIning yangi tarkibda birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
JIDU KUZATUV KENGASHIning yangi tarkibda birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2024-yil 22-oktabrdagi BR-46-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan JIDU kuzatuv kengashi yangi tarkibi va Nizomi tasdiqlandi. Kuzatuv kengashi tarkibiga vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari, JIDU bitiruvchilari hamda Universitet faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslar kiritildi.
Kengashning yangi a’zolari universitetning ta’lim va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan Kuzatuv kengashining asosiy faoliyati, vakolatlari va vazifalari bilan yaqindan tanishdi. Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri JIDUning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash va xodimlarning ish haqi darajasini qayta ko‘rib chiqish bo‘ldi. JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada magistratura bosqichi samaradorligini oshirish jihatlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Kuzatuv kengashi aʼzolari JIDU talabalari uchun muntazam ravishda maʼruzalar oʻqish va universitetni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishda yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.