JIDU talabasi Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan xalqaro iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yoshlar muzokaralarida ishtirok etmoqda

    Ayni paytda Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Baku decides” Birinchi yoshlar iqlim muzokaralarida ishtirok etmoqda.

    Mazkur tadbir Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi tomonidan joriy yilning 28-yanvar – 2-fevral kunlari Boku shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Ushbu xalqaro muzokara dinamik va interaktiv platforma hisoblanib,  u turli mamlakatlardan kelgan yosh ekspertlarni iqlim oʻzgarishi mavzulari boʻyicha muhokamalarda qatnashish uchun birlashtiradi.

    Tadbirning muhokama mavzulari quyidagilardan iborat:

      “Texnologik rivojlanish va ekologik muammolar”;

      “Yashil yechimlar uchun yoshlar innovatsiyalarini moliyalashtirish”;

      “Mintaqaviy energiya kelishuvi: yoshlar qayerda?”;

      “Shaharlar, iqlimni muhofaza qilish va yoshlar”;

      “Kaspiy dengizi va suv ostidagi hayot”;

      “Iqlim qurgʻoqchiligi muammolari: qurgʻoqchilik va qishloq xoʻjaligining kelajagi”;

      “Yevropa va Markaziy Osiyoda mintaqalararo sheriklik imkoniyatlari”.

    Bugun mazkur xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida D.Dilmurodov “Iqlim oʻzgarishi muammosini hal qilish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi” mavzusidagi nutq bilan  ishtirok etdi.

    Xalqaro konferensiyada ishtirok etib qaytganligidan soʻng D.Dilmurodov tomonidan universitet talabalari uchun “Iqlim muammosini hal qilishda Ozarbayjon tajribasi” mavzusida taqdimot oʻtkaziladi.