Amerikaning eng qadimgi xalqaro munosabatlar maktablaridan biri – Medforddagi Tafts universiteti qoshidagi Fletcher maktabining bir guruh o‘qituvchilari va magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Amerikaning eng qadimgi xalqaro munosabatlar maktablaridan biri – Medforddagi Tafts universiteti qoshidagi Fletcher maktabining bir guruh o‘qituvchilari va magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Amerikaning eng qadimgi xalqaro munosabatlar maktablaridan biri – Medforddagi Tafts universiteti qoshidagi Fletcher maktabining bir guruh o‘qituvchilari va magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev amerikalik yosh tadqiqotchilarga Yangi O‘zbekistonning jadal rivojlanishi haqida so‘zlab berdi.
Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston tashqi siyosati, shuningdek, mintaqaviy miqyosdagi jarayonlarni tushunish, asosiy ishtirokchilar va harakatlantiruvchi omillarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
Ishtirokchilar, shuningdek, tahlil markazi – Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti faoliyati bilan yaqindan tanishish, joriy tadqiqotlar ko‘lami va hamkorlikning salohiyatli yo‘nalishlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, JIDU va Fletcher maktabi o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolish, tadqiqot salohiyatini oshirish uchun mehmon ma’ruzalari va tadbirlarni tashkil etish kabi o‘zaro hamkorlik shakllarini yaratish muhimligi qayd etildi.