JIDUda tarix fanlari doktori Rahmon Farmonov tavalludining 80-yilligi nishonlandi
JIDUda tarix fanlari doktori Rahmon Farmonov tavalludining 80-yilligi nishonlandi
Joriy yilning 24-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida atoqli olim, professor, tarix fanlari doktori Rahmon Farmonov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir ko‘plab talabalar, doktorantlar, magistrlar, o‘quvchilar, JIDU va boshqa ta’lim muassasalaridagi hamkasblarni birlashtirdi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odil Yusupdjonov so‘zga chiqib, R.Farmonovning ilmiy-pedagogik faoliyatining salmoqli ekanligini, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladi.
Ular nafaqat bilim beradi, balki o‘quvchilarni ilmiy faoliyatda, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashi ham alohida ta’kidlandi.
O.Yusupdjanov R.Farmonovga JIDU rahbariyati nomidan ushbu ishga fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirib, unga sog‘lik-salomatlik va faoliyatida yanada muvaffaqiyatlar tiladi.
Rahmon Farmonov Samarqand viloyatida tavallud topgan. Ustoz maktab davrlarida birinchi yutuqlari - Kumush medal sohibi. R.Farmonov ijodiy faoliyatlariga nazar soladigan bo‘lsak, ko‘plab yutuqlarga erishishlari ularning ilmiy faoliyatlari bilan chambarchas bog‘liq holda davom etgan.
O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish kerakki, Turkiya davlatining professori Ataman Kamil Yavuz bilan hamkorlikda “Amir Temur Ko‘ragon va imperator Napoleon” kitobi turk tiliga tarjima qilinib Turkiya davlatida nashr qilindi.
R.Farmonov rahbarligida 3ta doktorlik himoyasi, 12ta nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazilgan. 40dan ziyod o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar, 7ta monografiya, 5ta she'riy to‘plamlar muallifi hisoblanadilar.
Ustoz R.Farmonov haqida juda ko‘plab tahsinga sazovor bo‘ladigan aniq faktlarni sanab o‘tish mumkin, lekin ular hamon ijod bilan bandlar, ta'lim sohasidan yiroqlashganlari yo‘q, bu o‘z navbatida yanayam ko‘plab shogirdlar yetishib chiqishiga kafolatdir.
JIDU faxriysi bugungi kunda ham fidokorona mehnat va o‘z ishiga fidoyilik namunasini ko‘rsatib, o‘quv va ilmiy faoliyatda faol ishtirok etib kelmoqda.