JIDUda “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi

    Joriy yilning 5-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan JIDU  talabalari va universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilarining imlo savodxonligi bo‘yicha orttirgan ko'nikmalarini tekshirish, egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi.

    Tanlovda JIDU Xalqaro munosabatlar, Xalqaro huquq, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetlari talabalari, litsey o‘quvchilaridan 100 nafar ishtirokchi qatnashdi.

    Diktant natijalariga ko‘ra “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 1-kurs talabasi Rushana Rustamova 1-o‘rin, “Xalqaro huquq” fakulteti  talabasi Mahina Amanboyeva 2-o‘rin, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabasi Keldibekova Dinara 3-o‘rinni egallagan bo‘lsalar, litsey o‘quvchilaridan  A’loxon Mehmonova 1-o‘rin, Malikaxon Maxammadova 2-o‘rin, Nazokat O‘ktamova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

    G‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.