JIDUda “Hamma uchun har qanday yoshdagi sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farovonlikka ko‘maklashish” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 27-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universtitetida Sharq tillari kafedrasida “Til ta’limida barqaror rivojlanish maqsadlari: SDG 3: Har qanday yoshdagi har bir inson uchun sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farovonlikka komaklashish” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Seminarda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish kontekstida chet tillarini o‘rgatish masalasi muhokama qilindi.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari arab va xitoy tillarida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish misolida “Har qanday yoshdagi har bir inson uchun sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farovonlikni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida chet tillarini o‘rgatish usullarini taqdim etdilar.

    Seminar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari elektron o‘quv platformalaridan foydalangan holda xorijiy tillardan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

    Kafedrada faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.