JIDU talabasi “14-An’anaviy Markaziy Osiyo Tashqi Ishlar Vazirlari o‘rinbosarlari uchrashuvi” doirasida tashkil etilgan “6-Markaziy Osiyo hukumatlari va yoshlari muloqoti”da O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi

    Joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va yoshlar bilan muloqotni rivojlantirish maqsadida har yili bo‘lib o‘tadigan, 14-an’anaviy Markaziy Osiyo Tashqi Ishlar vazirlari oʻrinbosarlari uchrashuvi doirasida “6-Markaziy Osiyo hukumatlari va yoshlari muloqoti” boʻlib oʻtdi.

    Mazkur ushrashuvda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Preventiv diplomatiyasi Elchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabasi Otabek Turgunboev O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi.

    Mazkur muloqot yoshlarning mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini oshirish, ularning hukumatlar bilan o‘zaro muloqotini kuchaytirish hamda umumiy istiqbollarni muhokama qilish imkonini berdi.

     O.Turgunboev muloqot davomidagi chiqishida Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlashda yoshlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, ularning tashabbuslari va g‘oyalari hukumatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerakligini, Markaziy Osiyo yoshlari uchun yagona platforma yaratish taklifini ilgari surib, bu platforma orqali yoshlar o‘z g‘oyalari va tashabbuslarini hukumat darajasida muhokama qilishlari mumkinligini, Mintaqaviy yoshlar siyosati doirasida birgalikda ilmiy tadqiqotlar, ta’lim almashinuvi va ekologik loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarni keltirib o‘tdi.