Fransiyaning Dijon shahrida ta’lim olish imkoniyatlari
Fransiyaning Dijon shahrida ta’lim olish imkoniyatlari
Joriy yilning 25-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Conference Hall”da Fransiyaning Burgundiya universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Roman-german tillari kafedrasi hamda “Euro School” va IT maktabining ingliz va fransuz tillari o‘qituvchisi, chet tili ta’limini tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis Thierry Joel Messi tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga Fransiyaning Dijon shahridagi Burgundiya universitetida iqtisod, huquq va siyosatshunoslik yo‘nalishlarida tadqiqot olib borish, fransuz tilidagi bilimlarini chuqurlashtirish kurslarida ishtirok etish hamda almashinuv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.